G‘iloflar Xiaomi 12, 12 Pro va 12 Ultra smartfonlarining orqa panel dizaynini ko‘rsatib berdi

G‘iloflar Xiaomi 12, 12 Pro va 12 Ultra smartfonlarining orqa panel dizaynini ko‘rsatib berdi

Internetda tarqalgan g‘ilof suratlari Xiaomi 12 seriyadagi smartfonlarning orqa panel dizaynini ko‘rsatib berdi. 

O‘QING: 2021 yilning eng yaxshi Xiaomi smartfonlari bilan tanishamiz 

Xiaomi 12 va 12 Pro modellarining kamera modulidan 50MP asosiy kamera hamda unga qo‘shimcha yana ikkita kamera o‘rin oladi. Qo‘shimcha kameralarning yon tomonida LED chirog‘i va mikrofon joylashadi. 

Xiaomi 12 Ultra'ning g‘ilofi juda o‘zgacha. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, katta yumaloq kamera moduli orqa paneldan bo‘rtib chiqib turibdi. Modulda naq sakkizta tirqish mavjud hamda ularning beshtasi kameralar uchun mo‘ljallangan. 

Ushbu dizayn Huawei kompaniyasining Mate 40 hamda Honor'ning Magic 3 smartfonlarini eslatib yubormoqda. Hozircha Xiaomi 12 Ultra'ga qanday kameralar o‘rnatilishi noma’lum. 

Xiaomi 12 seriyasi dekabr oyining o‘n ikkinchi sanasida taqdim etilishi kutilmoqda. Demak, taqdimot ertaga bo‘lib o‘tadi. Avvalgi ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, ushbu tadbirda Xiaomi 12 Pro va 12 Ultra modellari taqdim etilmaydi. 

O‘QING: iQOO ham Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etadi