Gitlerning mo‘ylovi tufayli Amazon o‘z belgichasini o‘zgartirdi

  •   DiMaX
  •  823
  •  03.03.2021 11:02

Gitlerning mo‘ylovi tufayli Amazon o‘z belgichasini o‘zgartirdi

Amazon kompaniyasi dunyodagi eng yirik onlayn savdo maydonchasi servisini taqdim etib kelmoqda. Uning asoschisi va rahbari 2017 yildan buyon Jeff Bezos jahondagi eng boy kishi bo‘lib kelayotgani bejiz emas. To‘g‘ri, joriy yilning 7 yanvarida Ilon Mask undan o‘zib ketgandi, lekin...

O‘QING: Zo‘rdan zo‘r chiqdi: Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas! (BBI reytingi, 2021 yil 17 fevral)

Xullasi kalom, kuni kecha Amazon servisining mobil ilovasi belgichasi yangilandi, biroq unda o‘zgarishlar aytarli katta emas. Ikonkaning faqat yuqorisidagi element shakli boshqacharoq ko‘rinish olgan, xolos:

Shunga qaramasdan, bu apdeyt muhim, deyishmoqda, zero, uning oldingi ko‘rinishida yuqoridagi unsur Adolf Gitlerning qo‘ng‘izmo‘ylovini eslatardi. Belgichaning o‘zi esa go‘yoki natsistlar yetakchisining zaharxanda qilib turgan qiyofasiga o‘xshab ketar edi.

Endi esa Amazon ilovasining ikonkasi yuqori qismida bir burchagi qayrilgan stiker aks ettirilgan.

O‘QING: Apple va Netflix aynan O‘zbekistonni tanladi. Nega Qozog‘istonni emas?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.