Glance Clock – devorga osiladigan aqlli soat (Video)

Glance Clock – devorga osiladigan aqlli soat (Video)

Shu yilgi CES-2016 ko‘rgazmasida ajoyib yangilik – aqlli Glance Clock nomli devoriy soat namoyish etildi. Devays interer dekorining qiziqarli elementiga aylanishi mumkin. Sababi ushbu devoriy soat nafaqat vaqtni ko‘rsatadi, balki kiruvchi ko‘ng‘iroqlar bildirishnomalari, rejalangan xabar va eslatmalar, kun jadvali va ob-havo holatini ham aks ettiradi.

Soatni nafaqat smartfonga, balki turli boshqa qurilmalarga, masalan, fitnes-treker, aqlli uy texnikasi yoki Uber kabi servislarga ulash mumkin.

5P3RnGz2qXCHbdmSIB2Oz2ZioygO0XUk75edUGckMh62MZDlpDcLpiWq0z1L4Q47iEatSoVyIsG

Aqlli soat orqali foydalanuvchiga barcha kerakli ma’lumotlardan xabardor bo‘lib turadi, o‘z salomatligi holatini kuzatadi. Soatga hozirda Indiegogo resursida 99 dollar evaziga oldindan buyurtma berish mumkin. Soat uchta rangda: kumush, grafit va mis variatsiyalarida sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!