Global barqaror MIUI 12 proshivkasi tarqatilayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining to‘liq ro‘yxati!

  •   DiMaX
  •  4433
  •  28.07.2020 17:02

Global barqaror MIUI 12 proshivkasi tarqatilayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining to‘liq ro‘yxati!

Xitoycha va global talqindagi MIUI 12 proshivkalari iyul-avgust oylarida keladigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxatlarini biz yaqinda chiqargan edik. Xiaomishka sayti esa hozirgacha Android 10 operatsion tizimi bazasidagi barqaror global MIUI 12 grafik qobig‘i allaqachon tarqatila boshlagan modellarni e’lon qilgan.

O‘QING: 16 xil Xiaomi smartfonlari muntazam MIUI 12 yangilanishlaridan mahrum etilyapti!

Shunday qilib, ayni kungacha global MIUI 12 grafik qobig‘i asosidagi proshivka quyidagi smartfonlarga tarqatilmoqda:

  1. Xiaomi Mi 10
  2. Xiaomi Mi 10 Lite 5G
  3. Xiaomi Mi 10 Lite Zoom
  4. Xiaomi Mi 10 Pro
  5. Xiaomi Mi 10 Youth Edition
  6. Xiaomi Mi 9
  7. Xiaomi Mi 9 Pro 5G
  8. Xiaomi Mi 9T
  9. Xiaomi Mi 9T Pro
  10. Redmi 10X 4G
  11. Redmi 10X 5G
  12. Redmi 10X Pro 5G
  13. Redmi K20
  14. Redmi K20 Pro
  15. Redmi K30 4G
  16. Redmi K30 5G
  17. Redmi K30 Pro
  18. Redmi K30i 5G
  19. Redmi Note 7
  20. Redmi Note 7S
  21. Redmi Note 8 Pro
  22. Redmi Note 9
  23. POCO F2 Pro
  24. POCO X2

Agar bu ro‘yxatga sizning smartfoningiz ham kirgan bo‘lsa, yangilanishlarni tekshirib turing. Faqat apdeytlar turli hududlardagi qurilmalarga bosqichma-bosqich tarqatilayotganligi sababli, bizga sal keyinroq yetib kelishi ham mumkin.

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

O‘QING: MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!