Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)

  •   DiMaX
  •  4008
  •  14.10.2020 10:01

Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)

Yaqinda biz uchinchi to‘lqinda barqaror MIUI 12 proshivkasiga yangilanayotgan smartfonlari ro‘yxatini chiqargan edik. Xiaomi kompaniyasi esa xalqaro bozordagi MIUI 12 global proshivkasi tarqatilgan modellarning yangilangan ro‘yxatini taqdim etdi.

O‘QING: Redmi’ning ommabop smartfoniga MIUI 12 muammolar olib keldi

2020 yilning 14 oktyabr holatiga ko‘ra, yangi grafik qobiq asosidagi barqaror proshivka allaqachon 25 xil smartfon uchun to‘liq chiqarilgan. Yana 16 modeldagi mobil qurilmalar uchun esa proshivkalar «qisman chiqarilgan». Bu degani – mazkur apdeyt hozircha ushbu rusumdagi smartfonlarning taxminan 30 foizigagina yetib borgan.

Agar MIUI 12 asosidagi proshivkalarning hududlar bo‘yicha – global, hindcha, rossiyacha, yevropacha va hokazo versiyalarini ham qo‘shib hisoblasak, Xiaomi yangi grafik qobiq bazasida jami 76 xil barqaror proshivkani to‘liq yoki qisman chiqarganiga guvoh bo‘lamiz.

Shunday qilib, to‘liq yangilangan smartfon modellari:

  1. Mi 8 Lite (global, rossiyacha)
  2. Mi 9 (global, yevropacha, rossiyacha)
  3. Mi 9 SE (global, yevropacha)
  4. Mi 9T (global, yevropacha, rossiyacha)
  5. Mi 9T Pro (global, yevropacha, rossiyacha)
  6. Mi 9 Lite (global, yevropacha, rossiyacha)
  7. Mi 10 (yevropacha, rossiyacha, hindcha)
  8. Mi 10 Lite 5G (global, yevropacha)
  9. Mi Note 10 (global, yevropacha)
  10. Mi Note 10 Lite (global, yevropacha, rossiyacha)
  11. Mi Note 3 (global)
  12. Mi MIX 2S (global)
  13. Mi MIX 2S (rossiyacha)
  14. Mi MIX 3 (global, rossiyacha)
  15. Mi MIX 3 5G (global, yevropacha)
  16. Mi 10T Pro (global, yevropacha)
  17. Redmi Note 8 Pro (global, yevropacha, rossiyacha)
  18. Redmi Note 9 (hindcha, rossiyacha) Redmi Note 9S/PRO (hindcha)
  19. Redmi K20
  20. Redmi 9A (hindcha, yevropacha, rossiyacha)
  21. Redmi 9 (hindcha)
  22. Poco X2 (hindcha)
  23. Poco F2 Pro (yevropacha, rossiyacha)
  24. Poco F1 (rossiyacha)
  25. Poco X3 NFC (yevropacha, rossiyacha)

MIUI 12 asosidagi barqaror proshivka qisman tarqatilgan smartfon rusumlari esa quyidagilardir:

  1. Mi 9 (rossiyacha)
  2. Mi 9T Pro (rossiyacha)
  3. Mi 10 Pro (yevropacha)
  4. Redmi Note 7 Pro hindcha)
  5. Redmi Note 8 Pro hindcha)
  6. Redmi Note 9 (yevropacha, global)
  7. Redmi Note 9 Pro Max (hindcha)
  8. Redmi K20 Pro
  9. Redmi 6 Pro
  10. Redmi 9A (global)
  11. Redmi 9C (global, yevropacha)
  12. Poco F1
  13. Poco F2 Pro (global)
  14. Poco X3 NFC (global)
  15. Poco M2 Pro (hindcha)
  16. Redmi Y2 (global)

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: 150 dollarlik Redmi Note 10 – arzonlashtirilgan Xiaomi flagmanining yaxshilangan versiyasi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!