Global Minds Initiative dasturi ishga tushiriladi

  •   Saroy
  •  752
  •  01.06.2018 19:25

Global Minds Initiative dasturi ishga tushiriladi

Kuzda o‘zbekistonlik bir guruh IT-mutaxassislari StrategyEast dasturlaridan birini o‘rganish doirasida kremniy vodiysiga safar uyushtiradi.

O‘zbekiston va Amerikaning StrategEast kompaniyasi Global Minds Initiative dasturini ishga tushirishga kelishib oldi, deyiladi  kompaniya tarqatgan press-relizda.

StrategEast delegatsiyasi may oyining oxirlarida amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi.  Tashrif davomida mehmonlar «O‘zbektelekom», MUIC va boshqa muassasalarda uchrashuv o‘tkazishdi.

O‘QING: «Mening fikrim» portalida endi Facebook profilingiz orqali ro‘yxatdan o‘ta olasiz

«Muzokaralardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda Global Minds Initiative» dasturini ishga tushirish, — deyiladi xabarda.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonda dasturni ishga tushirishda birinchi navbatda qilinadigan ishlarni belgilab oldilar. Ular, mamlakatda  IT-industriyani rivojlantirishga yordam beradigan konunchilikni takomillashtirish hamda soliq kodekslarini ishlab chiqishdan iborat.

«StrategyEast mutaxassislari mamlakat IT- mutaxassislari uchun darsliklar yaratishda ham ishtirok etishadi», — deyiladi xabarda.

StrategyEast — Vashington shahrida joylashgan notijorat  tashkilot  bo‘lib, u  har yili  MDH mamlakatlarida tadqiqotlar olib boradi. Faoliyatidan ko‘zlangan maqsad — sobiq sotsialistik davlatlarning siyosiy va ishbilarman doiralari vakillari hamda ularning  AQSh va G‘arbiy Yevropadagi hamkasblari o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatishdan iborat.

O‘QING: «Viber» asoschilari O‘zbekistonga keladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.