Global MIUI 12.5 proshivkasini 25 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga hoziroq yuklab olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  3524
  •  11.03.2021 10:08

Global MIUI 12.5 proshivkasini 25 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga hoziroq yuklab olish mumkin!

Xiaomi o‘zining MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi proshivkalarini sinab ko‘rish uchun hozircha faqat Xitoydagi oddiy foydalanuvchilarga taqdim etgan. Uning global versiyasi asosidagi 25 xildagi smartfon proshivkalari esa faqat beta-testerlarga tarqatilmoqda.

O‘QING: MIUI 12.5 global proshivkasi qaysi Xiaomi va Redmi smartfoniga qachon keladi?

Xitoycha proshivkalar global modellardagi smartfonlarga mo‘ljallanmagan va bir qator o‘ziga xosliklari mavjud. Ulardan asosiylari – faqat xitoycha va inglizcha interfeys mavjud; Google ilova va servislari yo‘q; boshqa hududlarda ortiqcha bo‘lgan xitoycha ilovalarga to‘la.

Xiaomi.EU norasmiy portali jamoasi esa global proshivkani kutib o‘tirishni istamagan foydalanuvchilar uchun xitoychasini «globallashtirib» tarqatmoqda. Ularga qo‘shimcha tillar kiritilgan, Google ilova hamda servislari qo‘shilgan, keraksiz xitoycha servislar olib tashlangan.

Hozirda shunaqa – norasmiy global MIUI 12.5 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalar quyidagi modellar uchun taklif etilmoqda:

  1. Poco F2 Pro;
  2. Poco X2;
  3. Redmi 9T;
  4. Redmi K20 Pro;
  5. Redmi K20;
  6. Redmi K30 5G;
  7. Redmi K30 Pro;
  8. Redmi K30;
  9. Redmi K30i 5G;
  10. Redmi K30S;
  11. Redmi Note 8;
  12. Redmi Note 9 4G;
  13. Redmi Note 9 Pro 5G;
  14. Xiaomi 10T Pro;
  15. Xiaomi Mi 10 Pro;
  16. Xiaomi Mi 10 Ultra;
  17. Xiaomi Mi 10;
  18. Xiaomi Mi 10T Lite;
  19. Xiaomi Mi 10T;
  20. Xiaomi Mi 11;
  21. Xiaomi Mi 9;
  22. Xiaomi Mi 9T Pro;
  23. Xiaomi Mi 9T;
  24. Xiaomi Mi CC9e;
  25. Xiaomi Mi Pro 5G.

Agar bu ro‘yxatda siz ishlatayotgan smartfon modeli ham mavjud bo‘lsa, mana bu havola orqali tegishli sahifaga o‘tib, uning uchun proshivka faylini yuklab olishingiz mumkin. Ularning barchasi Android 11 operatsion tizimi ustiga qurilgan. Biroq norasmiy proshivka bo‘lgani uchun, ularni o‘rnatishda barcha mas’uliyat o‘z zimmangizdadir.

MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi proshivkalar keyinroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan ushbu xabarimizda tanishish mumkin. XiaomiRedmiPoco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r kamerofoni va hamyonbop flagmaniga Android 11 tarqatyapti