Global proshivka, Global versiya va Xitoy versiya. Bularning farqi nimada?

Global proshivka, Global versiya va Xitoy versiya. Bularning farqi nimada?

Global proshivka, Global versiya va Xitoy versiya kabi tushunchalar Xiaomi tomonidan ishlab chiqarilgan deyarli har bir smartfonga aloqador. Xiaomi'lardagi bunday xususiyat smartfon sotib olayotganda bir necha savollarni keltirib chiqaradi: «Xarid qilayotgan telefonim global bozor uchun chiqarilganmi yoki bu smartfon faqat Xitoy ichki bozori uchunmi?» kabi.

Quyida proshivka va versiyalar o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib o‘tamiz, toki AliExpress kabi onlayn do‘konlardan xarid amalga oshirayotganingizda muammo yuzaga kelmasin.

Xitoy versiya yoki CN versiyadagi smartfonlar

Xitoy yoki CN versiyadagi smartfon taqdiriga faqat Xitoyda sotilish yozilgan bo‘ladi. Bu versiyada Google servislari, jumladan, Play Store mavjud emas. Shuningdek, faqat Chin davlati uchun mo‘ljallangan qurilmalarni xitoy va ingliz tillaridagina ishlatish mumkin bo‘ladi. Boshqa tillar qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Global proshivkali Xitoy versiya smartfonlar

Sotuvda mavjud Xiaomi smartfonlarining yana bir turi Global proshivka (ROM) li smartfonlardir. Bunday smartfonlar aslida Xitoy versiya smartfon, ammo maxsus proshivka sabab global talablarga javob beradigan qilib dasturlangan bo‘ladi.

E’tibor bering, Global proshivkali smartfon Global versiya smartfon degani emas. Bu turdagi devayslarda bir qator tillar mavjud va Google servisi, xususan, Play Store ham bor.

Global versiya smartfonlar

Agar Xitoydan tashqarida yashasangiz va Xiaomi smartfonini onlayn xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, Global versiya smartfonni tanlashingiz eng maqbul variantdir.

Global versiya Xiaomi smartfonlari aynan jahon bozori uchun ishlab chiqarilgan bo‘ladi va ularda barcha tillar va Google xizmatlari bo‘ladi.

Global versiyadagi smartfonlari uchun Xiaomi bir necha xil MIUI qobig‘ini chiqaradi. MIUI versiyalari orasida ham bo‘linish bor. Butun dunyo uchun Global versiya, Yevropa davlatlari uchun esa EEA versiya interfeys taqdim qilinadi.

O‘QING: Beshta modeldagi Xiaomi smartfoniga global MIUI 12 proshivkasi kela boshladi! (+havola)