Global Redmi Note 11 Pro va Note 11 Pro 5G smartfonlari sotuvga chiqdi

Global Redmi Note 11 Pro va Note 11 Pro 5G smartfonlari sotuvga chiqdi

Redmi Note 11 Pro va Redmi Note 11 Pro 5G qurilmalari sotuvga chiqdi. Xiaomi ushbu smartfonlarni yanvar oyida taqdim etgan edi. Bir oy o‘tib, endi ularni sotib olish mumkin. 

Redmi Note 11 Pro modelining narxi 299 dollardan, Note 11 Pro 5G'ning narxi esa 329 dollardan boshlanadi. 

Redmi Note 11 Pro Xiaomi'ning rasmiy veb-saytida ko‘k, oq va qora ranglarda sotilmoqda, shuningdek, uni AliExpress do‘kornidan ham sotib olish mumkin. 

Ushbu qurilmaning narxi quyidagicha: 

6/64GB - 299 dollar

6/128GB - 329 dollar

8/128GB - 349 dollar 

Redmi Note 11 Pro 5G'ning ham xuddi shu rangdagi turlari mavjud. Biroq uning narxi Note 11 Pro'dan biroz qimmatroq: 

6/64GB - 329 dollar

6/128GB - 349 dollar

8/128GB - 379 dollar 

O‘QING: Red Magic 7 va Red Magic 7 Pro smartfonlari taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.