Global strategiya o‘yinini 24 oktyabrgacha bepul olib ulguring!

  •   DiMaX
  •  647
  •  21.10.2020 15:48

Global strategiya o‘yinini 24 oktyabrgacha bepul olib ulguring!

O‘yin ishlab chiquvchilar va o‘yin do‘konlari turli sanalar munosabati bilan yoki shunchaki mijoz to‘plash maqsadida pulli o‘yinlarni bepul ulashib turishidan xabaringiz bor. Masalan, Epic Games kompaniyasi 22 oktyabrgacha Amnesia: A Machine for Pigs nomli xorror hamda Kingdom New Lands nomli strategiya o‘yinini tarqatmoqda.

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

Endi esa GOG onlayn do‘koni dunyo tarixi asosida ishlab chiqilgan Europa Universalis II o‘yinini butunlay tekin beryapti. Mazkur aksiya ushbu strategiyalar turkumining 20 yilligiga bag‘ishlangan.

Europa Universalis II strategiya o‘yinini bepul olish uchun mana bu havola orqali onlayn do‘konga o‘tib, bosh sahifa yuqorisidagi banner ustiga bosasiz. Uning tekinga taqdim etilishi 24 oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 18:00 da tugaydi. Shungacha o‘yinni olib qo‘ysangiz, keyin istagancha o‘ynash imkoningiz bo‘ladi.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!