Global versiya Mi 11 FCC sertifikatini oldi

Global versiya Mi 11 FCC sertifikatini oldi

Xiaomi vakillaridan biri muxlislarga Xiaomi Mi 11 smartfoni tez orada global bozorga sotuvga chiqishini ma’lum qilgandi. Mish-mishlarga qaraganda, smartfon fevraldan boshlab do‘kon rastalarida paydo bo‘ladi.

Global versiya Mi 11 smartfoni FCC agentligi sertifikatini qo‘lga kiritdi. Agentlik e’lon qilgan hujjatlarga ko‘ra, qurilmaning xotira sig‘imi uch xil: 6/128GB, 8/128GB va 8/256GB bo‘ladi. Bundan chiqdi, global bozorga mo‘ljallangan Mi 11'ning 12GB operativ xotirali talqini bo‘lmaydi.

Smartfon ikkita SIM kartani qo‘llab-quvvatlaydi, tashqi xotira vositasi uchun microSD sloti esa mavjud emas. FCC hujjatida ko‘rsatilishicha, qurilma MIUI 12 (ehtimol, MIUI 12.5) tizimida ishlaydi. Smartfon, shuningdek, 55 vattda tezkor quvvatlanadi.

Hozirga qadar smartfonning qachondan boshlab sotuvga chiqishi va narxlanishi noma’lumligicha qolmoqda. Xitoy uchun chiqarilgan versiyasi (soliqlarsiz) 620 dollar atrofida sotilmoqda. Yana mish-mishlarga ko‘ra, Mi 11 Pro kelasi oydan sotuvga chiqadi. Mi 11 Lite model tayyorlanayotgani haqida ham mish-mishlar yo‘q emas.

O‘QING: Redmi K40 taqdimotini rasman e’lon qilgan Xiaomi uning narxi bilan qo‘rqityapti