Global versiyali ommabop Redmi smartfoni 144 dollargacha arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  1733
  •  18.05.2021 11:16

Global versiyali ommabop Redmi smartfoni 144 dollargacha arzonlashdi!

Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi bultur 30 aprel kuni ostidagi to‘qqizinchi avlod Redmi fabletlarining eng arzonini taqdim etgan edi. Redmi Note 9 rusumli ushbu smartfon bir qator texnik xususiyatlari va 199 dollardan boshlanuvchi narxi bilan kishini quvontiradi. Keyinroq esa...

O‘QING: Xiaomi uchta yangi Redmi Note 9 smartfonini taqdim qildi

Standart talqindagi Redmi Note 9 smartfonini kompaniya keyinroq sal o‘zgarishlar bilan Xiaomi Redmi 10X 4G modeli sifatida namoyish qilgan. Bu ikkala smartfon bultur kuzda eng xaridorgir telefonlar o‘ntaligiga ham kirgan.

Rasmiy namoyishidan bir yil o‘tgach, Redmi Note 9 modelini arzonlashtirib, AliExpress onlayn savdo maydonchasida atigi 144 dollardan sota boshlashdi. Unga buyurtma berish uchun ushbu havola orqali, xususiyatlari bilan saytimizda tanishish uchun esa mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!