Global versiyali Xiaomi Mi 11 taqdim etildi: narxlari va videolari

  •   DiMaX
  •  2555
  •  09.02.2021 09:57

Global versiyali Xiaomi Mi 11 taqdim etildi: narxlari va videolari

Xiaomi o‘tgan oyning o‘rtasida oraliq talqindagi – MIUI 12.5 grafik qobig‘ini taqdim etgan, uning global versiyasi taqdimotini 8 fevralga belgilangan edi. Ushbu tadbirda Xiaomi Mi 11 Pro va hattoki Mi 11 Pro+ flagmanlarining ham namoyishi kutilayotgan edi, lekin unday bo‘lmadi.

O‘QING: Taqdimotdan oldin Xiaomi Mi 11 Pro hamda Mi 11 Pro+ narxlari va xususiyatlari aniq bo‘ldi

Ularning o‘rniga kompaniya o‘zining amaldagi flagmani – Xiaomi Mi 11 modelining xalqaro bozorga mo‘ljallangan versiyasini namoyish qildi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning o‘zida o‘tgan yilning so‘ngida taqdim etilib, bu yilning ilk kunidan sotila boshlagan bu qurilma AnTuTu benchmarkining o‘tgan yildagi so‘nggi reytingida shohsupaga ko‘tarilgan edi. Lekin ko‘p o‘tmasdan...

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘yinbop flagman Mi 11’ni taxtdan ag‘dardi! (2021 yil yanvar)

Xiaomi Mi 11 modeli global bozorda tezkor/ichki xotira konfiguratsiyasiga ko‘ra ikki xil variantda sotiladi. Kompaniya uning 8/128 gigabaytligi uchun 749 yevro, 8/256 gigabaytligi uchun esa 799 yevro narx belgilagan. Bu esa oldin aytilganidan birmuncha arzondir.

Dunyo miqyosidagi xaridorlarga taklif etiladigan Xiaomi Mi 11 texnik xususiyatlari ham Xitoydagisidan farq qilmaydi, ularni mana bu xabarimizda ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Darvoqe, korpus rangiga ko‘ra Xiaomi Mi 11 ikki xil – qora va moviy tuslarda taklif etiladi. Yevropada uning savdosi fevralda boshlanadi, lekin sanasi hozircha aniq aytilmayapti. Smartfonga MIUI 12 grafik qobig‘i o‘rnatilgan va uning MIUI 12.5 talqinigacha yangilanishi va’da qilingan.

O‘QING: Xiaomi yana inqilobiy smartfon yaratdi: umuman port va tugmachasiz, to‘rt tomoni «sharshara» displey... («jonli» video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!