Gmail’da ilova qilinuvchi fayllar hajmi 50 MBga oshdi

Gmail’da ilova qilinuvchi fayllar hajmi 50 MBga oshdi

Bugundan boshlab Google’ning Gmail elektron pochta xizmati foydalanuvchilari xatga ilova tariqasida yuboradigan fayl hajmini ikki barobarga oshirdi. Shu vaqtga qadar, foydalanuvchi uzog‘i bilan 25 megabaytgacha bo‘lgan hujjatlarni ilova qila olardi. Endi uning hajmi 50 MBga oshdi.

Google’ning bu xayrli ishi ko‘pchilikni xursand qilishi tayin. To‘g‘ri, kompaniyaning Google Drive xizmati bundan ham yirikroq fayllarni o‘zaro elektron pochta yordamida almashish imkonini beradi. Ammo, ko‘pchilik ishxonalarda bu xizmat cheklab qo‘yilgan. Endi foydalanuvchilar yuqori sig‘imli surat, taqdimot yoki hujjatlarni pochta orqali almashishlapi mumkin.

Google’ning ma’lum qilishcha, keyingi uch kun mobaynida ushbu xizmatning barcha foydalanuvchilari bu qulaylikdan bahramand bo‘ladilar.

2016 yilning yanvar oyi ma’lumotlariga qaraganda, Google’ning Gmail pochta xizmati foydalanuvchilari 1 milliard nafar bo‘lib, ularning 60 foizga yaqini pochtani mobil qurilma yordamida tekshirib boradi.