God of War o‘yinlarining «otasi» PlayStation 5 taqdimot kunini «sotib» qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  872
  •  18.01.2020 12:15

God of War o‘yinlarining «otasi» PlayStation 5 taqdimot kunini «sotib» qo‘ydi

Sony o‘zining navbatdagi – PlayStation 5 o‘yin pristavkasini e’lon qilganidan beri uning ko‘rinishi va xususiyatlari haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Terabayt.uz’da uning render videosi, shuningdek, konsolning va geympadning ilk «jonli» rasmlari ham e’lon qilingan.

O‘QING: PlayStation 5 allaqachon Xbox Series X ustidan ilk g‘alabasini qozondi

Shunday bo‘lsa-da, yapon kompaniyasi beshinchi avlod o‘yin pristavkasini qachon rasman ko‘rsatishini hali-hanuz sir tutmoqda. God of War o‘yinlar turkumining yaratuvchisi Devid Yaffe esa bu sirni ochib qo‘ydi. Twitter orqali uning yozishicha, PlayStation 5 taqdimotiga bir oy ham vaqt qolmagan:

«PS5’ni 4 haftaga ham qolmasdan ko‘rsatishadi. Xardkor geymerlar u haqdagi ma’lumotlarning har bir luqmasini ishtaha bilan yutayotganidan Sony’ning xabari bor, Microsoft esa hozirda yangi avlodlar poygasida yetakchilik qilmoqda. Kompaniya [консолни] ko‘rsatishga tayyor bo‘lganida (ayniqsa, namoyish zo‘r bo‘lsa), vaziyat juda oson o‘zgaradi», – degan geymdizayner.

Devid Yaffe bu yerda PlayStation Meeting tadbirini nazarda tutayotir; ushbu marosim esa 12 fevralda bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: PlayStation uchun DualShock 5: Endi o‘rta barmog‘ingiz ham bo‘sh qolmaydi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!