Golden Joystick 2020: O‘yinlar olamida naq 25 ta nominatsiya bo‘yicha eng zo‘rlari

  •   DiMaX
  •  1399
  •  26.11.2020 17:45

Golden Joystick 2020: O‘yinlar olamida naq 25 ta nominatsiya bo‘yicha eng zo‘rlari

Kuni kecha eng yaxshi o‘yinlarni taqdirlovchi yillik Golden Joystick marosimining navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Unda g‘oliblarning aksariyati foydalanuvchilarning ovozlari asosida, bir qismigina hakamlar hay’ati tomonidan aniqlandi.

O‘QING: Eng qimmat o‘yin – Star Citizen fazoviy simulyatorini 2 dekabrgacha bepul o‘ynang! (+video)

Taqdirlash marosimi onlayn formatda bo‘lib o‘tdi, unda eng ko‘p mukofotni The Last of Us Part II, Hades, Fall Guys hamda Minecraft oldi.

Mana, Golden Joystick 2020 bo‘yicha turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar quyidagi o‘yinlardir:

  1. Yilning eng zo‘r o‘yini — The Last Of Us Part II
  2. «Tanqidchilar tanlovi» sovrini — Hades
  3. Kompyuter uchun eng yaxshi o‘yin — Death Stranding
  4. Playstation uchun eng yaxshi o‘yin — The Last Of Us Part II
  5. Xbox uchun eng yaxshi o‘yin — Ori and the Will of the Wisps
  6. Nintendo Switch uchun eng yaxshi o‘yin — Animal Crossing: New Horizons
  7. Eng yaxshi syujet — The Last Of Us Part II
  8. Eng yaxshi vizual dizayn — The Last Of Us Part II
  9. Eng yaxshi kibersportiv o‘yin — Call of Duty: Modern Warfare
  10. Eng yaxshi ovoz jo‘rligi — The Last Of Us Part II
  11. Eng yaxshi mustaqil o‘yin — Hades
  12. Eng yaxshi multipleyerli o‘yin — Fall Guys
  13. Yilning eng yaxshi studiyasi — Naughty Dog
  14. «Biz haliyam o‘ynayapmiz» sovrini (eng yaxshi qo‘llab-quvvatlaash) — Minecraft
  15. Eng yaxshi oilaviy o‘yin — Fall Guys
  16. Eng yaxshi o‘yin hamjamiyati — Minecraft
  17. Eng yaxshi aktyorlik o‘yini — Sandra Saad (Marvel’s Avengers)
  18. «Industriyaga qo‘shgan hisssi» — itch.io, Team17, Electronic Arts, 11 bit studios, Mediatonic va boshqalar
  19. «Shuhrat zali» — Worms seriyasi va uni ishlab chiqqan Team17 studiyasi
  20. Eng yaxshi qo‘shimcha — No Man’s Sky: Origins
  21. «Yil burilishi» sovrini — Among Us
  22. O‘qin uchun eng yaxshi qism — Nvidia GeForce RTX 3080
  23. Eng yaxshi yangi strimer/boshlovchi — iamBrandon
  24. Eng yaxshi mobil o‘yin — LEGO Builder’s Journey
  25. Eng kutilayotgan o‘yin — God of War: Ragnarök

Xo‘sh, siz bularning qaysilarini o‘ynab turasiz?

O‘QING: Eng zo‘r o‘yinlarning o‘nta reytingi: bunga qo‘shilmaslik qiyin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!