Google allaqachon Android 13’ning «shirin» nomini fosh etdi (+barchasining ro‘yxati)

  •   DiMaX
  •  474
  •  28.07.2021 10:18

Google allaqachon Android 13’ning «shirin» nomini fosh etdi (+barchasining ro‘yxati)

Google kompaniyasi bu yilgi Google I/O konferensiyasini onlayn tarzda o‘tkazib, unda Android 12 operatsion tizimining ilk ommaviy beta-talqinini namoyish etgan. Biz esa uni sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan 26 modeldagi smartfon ro‘yxatini chiqarganmiz. Shuningdek...

O‘QING: Google Android 12 uchun o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan muhim funksiyalarni tayyorlamoqda

Android 12 operatsion tizim talqinining barqaror versiyasi oddiy foydalanuvchilarga hali tarqatilganicha yo‘q. Google esa allaqachon «yashil robotchali» mobil operatsion tizimning 2022 yilda taqdim etiladigan versiyasi ustida ishlamoqda.

Android Open Source Project kodini «kavlashtirib» ko‘rgan dasturchilar uning repozitoriylarida yangi bir hujjatga duch kelishdi. Unda yozilishicha, qidiruv giganti Android 13 T versiyasiga Tiramisu nomini bermoqda.

Ta’kidlash kerakki, operatsion tizimning navbatdagi talqini ommaviy ravishda shunchaki Android 13 deb nomlaydi. Uning «shirin» nomi esa faqat kompaniya ichida qo‘llanadi.

O‘QING: Ushbu 38 ta rusumdagi Samsung smartfon va planshetlari naq Android 13’gacha yangilanadi!

Google kompaniyasi o‘z mobil operatsion tizimining o‘ninchi avlodidan boshlab, ularni shirinliklar nomi bilan atashdan voz kechgan. Ungacha esa Android’ning har bir talqini turli shirinliklar nomi bilan atalib kelinardi:

  • Android 1.5: Cupcake (keks);
  • Android 1.6: Donut (ponchik);
  • Android 2.0: Eclair (ekler);
  • Android 2.2: Froyo (muzlatilgan yogurt);
  • Android 2.3: Gingerbread (imbirli pryanik);
  • Android 3.0: Honeycomb (asalari uyasi);
  • Android 4.0: Ice Cream Sandwich (muzqaymoq-sendvich);
  • Android 4.1: Jelly Bean (chaynaluvchi draje);
  • Android 4.4: KitKat (KitKat shokolad batonchigi);
  • Android 5.0: Lollipop (obakidandon);
  • Android 6.0: Marshmallow (zefir);
  • Android 7.0: Nougat (yong‘oq holvasi);
  • Android 8.0: Oreo (Oreo pechene-sendvichi);
  • Android 9: Pie (pirog);
  • Android 10: Quince Tart (shirin pirog turi);
  • Android 11: Red Velvet Cake («Qizil baxmal» torti);
  • Android 12: Snow Cone (o‘ramali mevali muz);
  • Android 13: Tiramisu (tiramisu).

O‘QING: Qaysi smartfonlar naq Android 14 talqinigacha yangilanadi?