Google allaqachon Android R’ni sinab ko‘ryapti!

  •   DiMaX
  •  1061
  •  21.01.2020 18:36

Google allaqachon Android R’ni sinab ko‘ryapti!

Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan smartfon yangi – hali rasman namoyish etilmagan Android R talqinida ishlar ekan. Bu – Google kompaniyasi mobil operatsion tizimining o‘n birinchi avlodidir.

O‘QING: Android 11 borasida ilk va yaxshi xabar!

Google sinov ishlarini Pixel 4 smartfonida olib bormoqda. An’anaga ko‘ra, Android’larning yangi talqinlarini birinchi bo‘lib ayni shu lineyka smartfonlariga tarqatishadi.

O‘tgan yilgi Google I/O konferensiyasida kompaniya o‘z operatsion tizimlarini shirinliklar nomi bilan atash an’anasidan voz kechgan edi. Shu tariqa, tizimning o‘ninchi talqini shunchaki Android Q deb nomlangan. Endi uning keyingi versiyasi Android R deb atalishi yoki Google o‘z an’anasiga qaytib, biror desert nomini tanlashi ham mumkin.

O‘n birinchi Android’ning test versiyasi bahorning boshida Google Pixel smartfonlariga taqdim etilishini kutsak arziydi. Kompaniya mazkur yangilanishni Xiaomi, Essential, Sony kabi hamkorlarining ayrim modellariga ham sinab ko‘rish maqsadida tarqatishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Android 10 taqdim etilmasidan Android 11 e’lon qilindi: Google unga «imkonsiz» funksiyani qo‘shyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!