Google boshlang'ich sinf smartfonlari uchun Android 13 Go versiyasini taqdim qildi

Google boshlang'ich sinf smartfonlari uchun Android 13 Go versiyasini taqdim qildi

Google kompaniyasi o'ta byudjet smartfonlar uchun Android 13'ning Go versiyasini taqdim qildi. Android operatsion tizimining ushbu kichraytirilgan versiyasi ilk marotaba besh yil avval kam operativ va doimiy xotirali smartfonlar uchun chiqarilgan edi va endilikda kompaniyaning ma'lum qilishicha, u bilan ishlaydigan oylik aktiv qurilmalar soni bugungi kunda 250 milliondan oshgan.

Ma'lum bo'lishicha, Android 13 Go bilan dasturiy ta'minot yangilanishlari Google Play System Updates bilan qabul qilinadigan bo'ladi. Bu bilan esa kam xotirali byudjet smartfonlari ham katta Android yangilanishini kutib o'tirmay, muhim yangilanishlarni qabul qilib, doimo yangilangan holatda bo'lishiga ishonch hosil qilish mumkin bo'ladi.

Shuningdek, yangi versiya foydalanuvchilarga birinchi marta Material You sozlamalari bilan fon rasmiga mos ravishda dinamik ranglar yaratish funksiyasidan foydalanish imkonini beradi. Biroq, to'liq Android versiyasida bo'lganidan farqli o'laroq Android 13 Go tanlash uchun (16 ta emas) faqatgina to'rtta ranglar sxemasi bilan cheklangan.

Kompaniyaning qo'shimcha qilishicha, bosh menyudan ekranni o'ngga surish "Discover" lentasiga olib o'tadi va bu foydalanuvchilar o'zlari tanlangan mavzularda maqolalar va boshqa kontentlar ko'rish imkonini beradi. Qolaversa, Go versiya Android 13'ning Bildirishnoma ruxsatnomalari, Ilova tili sozlamalari kabi e'tiborli funksiyalarni ham o'z ichiga oladi.

Android 13 bilan ishlaydigan qurilmalar 2023-yilda chiqarilishi aytilmoqda. Ta'kidlash joizki, yangi Go versiya uchun qurilma talablari oshirilgan: (avvalgidek 1 emas) 2GB operativ va 16GB doimiy xotira talab qilinadi.

O'QING: Android 13 bilan qutidan chiqadigan ilk Galaxy qaysi ekanligi ma'lum bo'ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!