Google Android 14 kod nomini e'lon qildi!

Google Android 14 kod nomini e'lon qildi!

Google har yili o'zining yangi yirik Android versiyasiga shirinliklar nomlaridan alifbo tartibida davom etadigan qiziqarli kod nomlarini berib keladi. Masalan, bugunning so'nggi Android versiyasi bo'lgan Android 12 uchun "S" harfi boshlanadigan Snow Cone nomi berilgan bo'lsa, tez orada taqdim qilinishi kutilayotgan Android 13 uchun esa "T" harfi bilan boshlanadigan Tiramisu shirinligi nomi berilgan.

Garchi Android 12 hali ham millionlab qurilmalarga yetib bormagan, Android 13 hali rasman taqdim qilinmagan bo'lsa ham, Google navbatdagi Android 14 versiyasi uchun kod nomi topib qo'ydi. Android Open Source loyihasida e'lon qilingan yangi kod o'zgarishida Google'ning Android 14 uchun ichki kod nomi — navbatdagi "U" harfi uchun "UpsideDownCake" nomi berilganligi ma'lum bo'ldi.

"Upside-down Cake" - bu bezaklari va meva yoki boshqa qo'shimchalari tagida joylashgan, ya'ni "teskari pishirilgan pishiriq" nomidir.

"U" harfi bilan boshlanadigan shirinliklar unchalik ko'p emasligini hisobga olsak, Google Android 14 uchun kod nomi sifatida Upside Down Cake'ni tanlagani ajablanarli emas. Shunga qaramay, kod nomi tasdiqlanganini ko'rish juda yoqimli, chunki bu kompaniya Android 14 ustida ishlashni aniq boshlaganligini ko'rsatadi. Android 14 katta ehtimol bilan 2023-yilda chiqariladi.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A53 5G

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.