Google Android uchun iOS’nikidan kuchli xavfsizlik platformasi yaratadi

Google Android uchun iOS’nikidan kuchli xavfsizlik platformasi yaratadi

iOS’ning xavfsizlik bo‘yicha yangilanishlari muntazam va barcha ayfon modellari uchun bir vaqtda e’lon qilinadi. Android tizimi esa bu borada maqtana olmaydi. Android foydalanuvchilarining deyarli yarmi xavfsizlik bo‘yicha tizim yangilanishlarini olmaydi. Boisi bu kabi “guglofon”larni 100 dan oshiq turli smartfon brendlari ishlab chiqaradi.

Google dastur platformasini to‘liq yangilash orqali yaqin orada bu muammoga chek qo‘yishni reja qilgan. Bu to‘g‘rida Google’ning Android xavfsizligi bo‘linmasi rahbarlari Adrian Lyudvig va Melinda Miller ma’lum qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Google, Pixel va Nexus smartfon brendlarigina muntazam ravishda xavfsizlk tizimi bilan ta’minlanar ekan.

Lyudvigning aytishicha, Google buning uchun ishlab chiqaruvchilar bilan yaqindan ishlay boshlaydi. Ushbu platformada barcha anroid qurilmalarning tizimini 2 oylab emas, bir kunda yangilash mumkin bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!