Google Android va Chromeni yagona platformaga birlashtirmoqchi

Google Android va Chromeni yagona platformaga birlashtirmoqchi

Amerikaning Google internet-korporatsiyasi Android va Chrome OS operatsion tizimlarini smartfon, planshet kompyuter va noutbuklar uchun yagona platformaga birlashtirishni rejalashtirmoqda, bu haqda The Wall Street Journal xabar qiladi.

Google injenerlari birlashgan operatsion tizim ustida ishlayotganliklari anchadan beri ma’lumdir. Platformaning birinchi versiyasi kelgusi yili taqdim etiladi, tugallangan versiyasini esa 2017 yilda ko‘rishimiz mumkin.

Ikki operatsion tizimning birlashuvi Googlening Androidga ekspansiyasidan dalolatdir. Chromebooklarning nomlanishi o‘zgaradi. The Verge resursi Google matbuot xizmatida ma’lumotni tasdiqlaganini, ammo Android va Chrome OS alohida-alohida faoliyatini davom ettiraverishini bildirdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!