Google “Aqlli” karnaylarni ishlab chiqarish mumkin

Google “Aqlli” karnaylarni ishlab chiqarish mumkin

Google kompaniyasi Amazon Echo raqobatchisi — ovozli yordamchiga ega “aqlli” karnayni ishlab chiqish bo‘yicha maxfiy loyiha ustida ish olib bormoqda. Ayni paytda yangi mahsulot to‘g‘risida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Faqatgina Nest jamoasi (u ham Alphabet xoldingi tarkibiga kiradi) o‘z yordamini taklif qilganiga qaramasdan korporatsiya mazkur uskuna ustida faqatgina o‘zi ish olib borayotgani ma’lum.

Amazon Echo karnaylari va ixchamgina Echo Dot nafaqat musiqalarni taratishi, balki “aqlli” uyni boshqarishi ham mumkin. Unda Alexa ovozli yordamchisi internetdagi kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlashi, foydalanuvchini muhim hodisalar va belgilangan uchrashuvlardan ogoh qilishi, yangiliklarni so‘zlab berishi va Kindle elektron kutubxonasidagi kitoblarni mutolaa qilib berishi mumkin. Axborot manbalari Google qurilmasida yuqoridagi vazifalarning qaysilari mavjud bo‘lishini oshkor etishmadi.

Gap-so‘zlarga qaraganda, ayni paytda Nest xonadonlarni himoyalash tizimi ustida ish olib bormoqda. Biroq rahbariyat mayda-chuyda qismlarigacha tayyor holatga kelmagunga qadar mahsulotni bozorga olib chiqishga ijozat bermayapti. Ehtimol shu sababdan ham Google ushbu kompaniya bilan “aqlli” karnaylarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishni istamayotgandir.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!