Google AQShda Uber va Lyft’ga raqobatchi Waze servisini ishga tushirdi

Google AQShda Uber va Lyft’ga raqobatchi Waze servisini ishga tushirdi

Google AQShning San-Fransisko shahrida Uber va Lyft servislari bilan raqobat qiladigan Waze nomli xizmatni ishga tushirdi. Xizmatga buyurtmalar maxsus ilova yordamida boshqariladi, hozircha servis faqat shaharning markaziy qismida ishlamoqda. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Google kompaniyasi mazkur xizmatning hududini shahar va shahar atrofidagi joylargacha kengaytiradi.

Xo‘sh, Waze servisining o‘ziga xosligi nimada? Hozirda mavjud Uber i Lyft kabi analog servislardan farqli o‘laroq, yangi ilova “taksiga alternativa” emas, balki mijoz boradigan yo‘nalishda hamroh yo‘lovchilarni qidiradi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, Waze xizmatidagi narxlar haydovchilarda qo‘shimcha mablag‘ga qiziqish bo‘lmasligi uchun atayin juda arzon qilib belgilangan. Masalan, 54 sent evaziga 1 milya (1.60934 km) yo‘l bosish mumkin va bu AQSh hududagi eng arzon tarif hisoblanadi.

Shuningdek, Google’ning qayd etishicha, Waze –  bu ortiqcha mablag‘ topishga yo‘naltirilmagan servis. Chunki yo‘lovchilardan olingan yo‘lkira shunchaki yonilg‘iga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashi mumkin, xolos.  Shunday bo‘lsa-da, ekspertlarning aytishi bo‘yicha, ilova kelgusida  Uber va Lyft xizmatlariga jiddiy raqobatchi bo‘lishi mumkin. Sababi Waze ham boshqa analoglar singari arzon narxda yo‘lovchini A punktdan B punktga yetkazishga xizmat qiladi.