Google Assistant yuzingizni skaner qilishga deyarli tayyor!

Google Assistant yuzingizni skaner qilishga deyarli tayyor!

Yaqin fursatlarda (taxminan 9-sentyabrdan) sotuvga chiquvchi Google Nest Hub Max qurilmasi Google Assistant'ning Face Match funksiyasidan foydalanuvchi ilk qurilmaga aylanadi. Devaysning foydalanuvchi qo‘liga yetib kelishidan oldin Google Assistant yuz biometrik ma’lumotlarini Google'ga taqdim qilishi imkonini bermoqda. 

Xuddi Voice Match funksiyasiga o‘xshab Face Match xonaga kirgan kishi siz ekanligingizni aniqlash uchun yuz biometrik ma’lumotlaridan foydalanadi. Nest Hub Max oilaning har bir a’zosi yuzini aniqlab, ularga mos ma’lumot (taqvim, video xabarlar) olish taqdim qilish imkoniga ega bo‘ladi. Buni ham futuristik, ham qo‘rqinchli g‘oya deyish mumkin.

Ayni damda, Google Assistant parametrlariga kirsangiz, Face Match bo‘limini Voice Match quyisidan topishingiz mumkin. Assistant sizga funksiyani tushuntirish barobarida qo‘llab-quvvatlanubchi qurilma (Nest Hub Max)ni qidira boshlaydi, lekin u hozircha mavjud emas.

Nest Hub Max'ga ega bo‘lishiningiz bilan ushbu afzallikdan foydalanish imkoni mavjud bo‘ladi.

O‘QING: Tinib-tinchimagan odamlar-ey, nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya! Google'dan ajoyib yangilik!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!