Google Assistant'dan internetsiz ham foydalanish mumkin bo‘ladi!

Google Assistant'dan internetsiz ham foydalanish mumkin bo‘ladi!

Yillar davomida Google o‘zining elektron yordamchisi xizmatlarini kengaytirib kelgan. Biroq bu kengayishdan faqat internetga ulana oladigan foydalanuvchilar manfaat ko‘rishadi. Endi esa qidiruv giganti o‘z xizmatlarini global tarmoqqa ulanish imkoni bo‘lmaganlarga ham taqdim qilmoqchi.

Bugun Nyu-Delida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, kompaniya Vodafone-Idea operatori foydalanuvchilari 24/7 telefon qilib, o‘z savollariga javob olishi mumkin bo‘lgan telefon liniyasi ishga tushirilishini e’lon qildi. 

Abonentlar 000-800-9191-000 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin bo‘ladi va bu uchun ulardan to‘lov olinmaydi. Google vitse-prezidenti Manuel Bronshteynning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Hindistonning smartfon va interneti bo‘lmagan yuz millionlab fuqarolariga yordam berish umidida.

Hindistonning 1.3 milliard aholisidan 500 million nafari internet tarmog‘iga ulangan, 450 millioni esa smartfondan foydalanadi, yarmidan ko‘pida esa tarmoqqa bog‘lanish imkoni yo‘q.

Umuman olganda, foydalanuvchilari sonini yana bir milliardga oshirish niyatida bo‘lgan Silikon vodiysi kompaniyalari uchun Hindiston o‘zini istiqbolli bozor sifatida ko‘rsatmoqda.

O‘QING: Okay, Google, meni professionalga aylantir!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.