Google «bepul» VPN servisini ishga tushiryapti

  •   DiMaX
  •  979
  •  30.10.2020 10:58

Google «bepul» VPN servisini ishga tushiryapti

Qidiruv giganti o‘zining bepul VPN servisini joriy etayotganini e’lon qildi, lekin uning «bepul»ligi nisbiy ma’noda. Gap shundaki, undan faqat boshqa bir – Google One pulli servisining 2 terabaytlik yoki undan qimmatroq tariflari obunachilari foydalana oladilar.

O‘QING: Nima uchun VPN'dan foydalanish kerak? (+bonus)

Yangi servis VPN by Google One deb nomlangan bo‘lib, alohida ilova sifatida emas, balki Google One ilovasining ichida, qo‘shimcha to‘lovlarsiz taqdim qilinadi. Google One servisining 2 terabaytlik tarifi esa oyiga 10 dollar yoki yiliga 100 dollar turadi.

VPN by Google One boshida faqat Android-qurilmalar egalari uchun chiqariladi. Uning rasmiy tavsifida shunaqa deyilmoqda: «Google One ilovasida siz internetda ishlashda qo‘shimcha xavfsizlik uchun o‘z internet-trafigingiz shifrlanishini tezda yoqishingiz mumkin bo‘ladi».

Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, Google ushbu servisini AQShdagi foydalanuvchilar uchun yaqin haftalar ichida ishga tushiradi. Qolgan hududlarda, shuningdek iOS, Windows hamda macOS platformalari uchun uni keyingi oylarda joriy etishadi.

O‘QING: Shazam’ning keragi yo‘q: Google Assistant endi xirgoyi va hatto hushtak bo‘yicha ham qo‘shiqni topib beradi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.