Google boshqalarning smartfonlarini ham sizniki orqali topmoqchi!

  •   DiMaX
  •  478
  •  19.06.2021 11:01

Google boshqalarning smartfonlarini ham sizniki orqali topmoqchi!

Qidiruv giganti Android-qurilmalar foydalanuvchilariga nafaqat o‘zining smartfonini topish, balki boshqalarnikini topishda ham ko‘maklashish imkonini beruvchi servis ustida ishlamoqda. Uning ishlashi uchun gadjetga Google Play Services to‘plami o‘rnatilgan bo‘lishi talab etiladi.

O‘QING: O‘g‘irlangan smartfonni topsa bo‘ladi!

XDA-Developers resursi mutaxassislari Google Play ilovasining jamlanma raqami 21.24.13 bo‘lgan yangi beta-versiyasi kodlarini o‘rganib chiqishdi. Shunda ularning e’tiborini mana bu qatorlar jalb etdi:

Bundan anglashiladiki, Google o‘zining Find My Device ilovasining yangilangan talqinini tayyorlamoqda. Mazkur kliyent Google Play servislarini qo‘llab, istalgan Android-smartfonga nafaqat shu akkaunt egasining, balki begonalarning ham devayslari joylashuvini aniqlashi mumkin bo‘ladi.

Bunday funksional Apple smartfonlari va boshqa gadjetlarida allaqachon mavjud. Bunda boshqalarning devayslarini qidirish uchun «Lokator» ilovasini qo‘llashdan oldin, o‘sha qurilma egasi bunga ruxsat berishi kerak bo‘ladi.

O‘QING: Toshkentda masjiddan telefon o‘g‘irlagan erkak ushlandi (video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.