Google "ChatGPT qotili"ni taqdim qildi!

Google

ChatGPT'ning qisqa vaqt ichida ommalashib ketganidan kuchli qo'rquv ostida qolgan yagona kompaniya, ehtimol, Google bo'lsa kerak, chunki ekspertlar uni OpenAI'ning aqlli chatbotidan keyin  yaqin bir necha yilda "o'lish"ini tahmin qilishdi. Biroq, Google ham anoyilardan emas, kompaniya "o'z qotilining qotili"ni tayyorlamoqda.

Google kompaniyasi o'zining "Bard" nomli "eksperimental suhbatdosh sun'iy intellekt xizmati"ni e'lon qildi. Katta til modellari (LLM'lar yoxud kengaytmasi: large language models) maydonida ChatGPT'ga raqobatchi bo'ladigan sun'iy ong kompaniyaning LaMDA texnologiyasiga asoslangan.

Bard savollaringizga aniq faktlarga asoslangan holda Internetdan olingan ma'lumotlarni berishdan tashqari aynan qanday qobilyatlarga ega ekanligi hozircha noma'lum, lekin ChatGPT'dan farqli o'laroq Bard ma'lum bir yil bilan cheklanmagan, ya'ni u sizga eng so'nggi ma'lumotlarga asoslangan javoblarni taqdim eta oladi.

ChatGPT uchun 2021-yildan to hozirgi kungacha bo'lgan ma'lumotlardan foydalanish taqiqlangan.

Google'ning Bard chatboti. Foto: The Verge orqali 

"Bard 9 yoshli bolaga NASA Jeyms Uebb kosmik teleskopining yangi kashfiyotlarini tushuntirish yoki futboldagi eng zo'r hujumchilar haqida ko'proq bilib olib va keyin o'z mahoratingizni oshirish uchun mashqlar olishda yordam beradigan ijodkorlik va qiziquvchanlik maydoni bo'lishi mumkin", – deydi Google rahbari Sundar Pichay. 

Biroq, xuddi ChatGPT kabi Bard ham noto'g'ri yoki nomaqbul ma'lumot berib qo'yishi mumkin. Bu haqda ogohlantirishni Bard platformasi interfeysidagi matn kiritish maydoni ostida ko'rishingiz mumkin. Shuni qo'shimcha qilish mumkinki, Bard yaratgan natijalarni siz yaxshi yoki yomonligini belgilashingiz yoki uni yangilanishingiz yoki uni tekshirishingiz mumkin bo'ladi. 

Bard hozirda uning javoblari sifat, xavfsizlik va real dunyo ma'lumotlarining asosliligi bo'yicha yuqori talabga mos kelishiga ishonch hosil qilish uchun ichki sinovdan o'tkazilmoqda. Biroq bu uzoqqa cho'zilmaydi – Google kelayotgan haftalarda uni ommaviy foydalanishga topshirishni rejalashtirgan.

Google qidiruv tizimiga integratsiyalashtirilgan sun'iy intellekt. Foto: Google

 

Microsoft o'zining Bing qidiruv tizimi va boshqa xizmatlariga ChatGPT'ni integratsiya qilish uchun OpenAI'ga milliardlab pul investitsiya qilayotgan bir vaqtda Google ham Bard'ni o'ziga birlashtirish harakatida:

"Tez orada siz qidiruvda murakkab ma'lumot va bir nechta qarashlarni oson tushuniladigan formatlarga aylantiruvchi sun'iy intellektga asoslangan funksiyalarni koʻrasiz, shunda siz holatni tezda tushunib olasiz va internetdan koʻproq ma'lumot olasiz." deyiladi Google blog postida.

Unda, shuningdek, ushbu yangi SI xususiyatlari tez orada Google qidiruvida paydo bo'lishi ta'kidlangan.

O'QING: Microsoft’ning yangi loyihasi 3 soniyalik namunadagi har qanday odamning ovozini taqlid qilishi mumkin

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!