Google cho‘chib qoldi: u AQSh hukumatidan Huawei uchun afv so‘rayapti!

  •   DiMaX
  •  1715
  •  27.02.2020 13:19

Google cho‘chib qoldi: u AQSh hukumatidan Huawei uchun afv so‘rayapti!

Huawei korporatsiyasi AQSh hukumatining sanksiyalari tufayli o‘z qurilmalarini Google servislaridan mahrum holda chiqarayotganidan xabaringiz bor. Biroq aynan mazkur taqiqlar tufayli u o‘zining mobil operatsion tizimi hamda ilovalar do‘koni ustidagi ishlarni ancha jadallashtirgan.

O‘QING: Google: «Huawei qurilmalarini o‘zingiz mustaqil yangilamang»

Internetda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda, Google kompaniyasi AQSh hukumatidan Huawei’ga nisbatan qo‘llangan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragan. Qidiruv giganti hukumatning loaqal xitoylik korporatsiya bilan hamkorlik qilishiga ruxsat berishidan umidvor.

Google faqat Huawei’ni qayg‘urgani uchungina shunday qilmayotgani ko‘rinib turibdi. Zero, agar qidiruv giganti bilan hamkorlik qila olmasa, xitoylik texnogigant o‘zining Harmony OS operatsion tizimi hamda AppGallery ilovalar tizimini tezroq amaliyotga joriy etishga majbur bo‘ladi. Bu ishlanmalar esa qidiruv gigantining Android mobil operatsion tizimi hamda Google Play katalogiga jiddiy raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Ammo AQSh hukumati Google iltimosini yerda qoldiradigan ko‘rinadi: mish-mishlarga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati aksincha – Huawei faoliyatiga yanada ko‘proq cheklovlar qo‘yishga hozirlik ko‘rayotir.

O‘QING: Huawei'ning eng qimmat smartfonini arzonroqqa xarid qiling!