Google Chrome 70 brauzeri: asosiy e’tibor xavfsizlikka qaratildi

  •   Saroy
  •  366
  •  18.10.2018 12:37

Google Chrome 70 brauzeri: asosiy e’tibor xavfsizlikka qaratildi

Google brauzerning yangi Chrome 70 versiyasini taqdim etdi. Uning asosiy yangiligi xavfsizlikning kuchaytirilgani va eski xatolarni to‘g‘rilagani bo‘ldi.

Birinchi navbatda, dasturchilar Crome 69 dan yangi funksiyani olib tashlashdi, chunki u foydalanuvchilarga yoqmagandi. Gap shundaki, agar o‘zingizning Google-akkauntingizga Chrome brauzeri orqali kirsangiz, u ushbu brauzerni avtomatik tarzda  profilga bog‘lab qo‘yadi. Shundan keyin, foydalanuvchi istamasa ham  brauzer tarixining sinxronizatsiyasi, vkladkasi va paroli ketadi. Ushbu muammo, masalan, agar o‘zingizning  Google-akkauntingizni begona kompyuter orqali kirsangiz paydo bo‘ladi.

Endi, bu funksiyani sozlash chog‘ida o‘chirsa bo‘ladi — «Konfidensiallik va xavfsizlik»  bo‘limida avtorizatsiya qilishdan oldin   «Chrome’ga kirishga ruxsat» punktini o‘chirish lozim.

O‘QING:Google ilovalari pulli bo‘lyapti – endi smartfonlar qimmatlaydimi?

Yangilangan Chrome 70’da himoyalanmagan HTTP protokollari bilan faol kurash olib boriladi. Endi ma’lumotlarni raqamlashtirmasdan uzatadigan saytlarda, login va parolni qidiruv satriga kiritishda qizil chiroqda  «xavfsiz emas» bildirgisi paydo bo‘ladi. Shu yo‘l bilan, kompaniya sayt dasturchilarini HTTPS protokoliga o‘tishga undayapti. Foydalanuvchilar esa, xavfsizlik haqida  qo‘shimcha axborot oladi.

Endi Chrome PWA  veb-ilovasini ochishni biladi, aslida bu, tizimda Windows’dagi to‘laqonli ilova tarzda ochiladigan  saytlardir. Ularni ish stoliga yoki topshiriqlar paneliga olib chiqish mumkin. Bundan tashqari, brauzer yanada samaraliroq bo‘lgan siqiq AV1 videokodekni ham ishlata oladi, deb xabar beradi The Verge.

O‘QING:Puldan ham muhim narsalar bor: Google Pentagonning 10 milliard dollaridan voz kechdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!