Google Chrome endi saytlarning ovozini o‘chirishga qodir

  •   DiMaX
  •  1330
  •  26.01.2018 15:29

Google Chrome endi saytlarning ovozini o‘chirishga qodir

Ommabop Google Chrome brauzerining yangilanishi foydalanuvchilar uchun bir qator yangi qulayliklar taqdim etgan. Ular orasida videoreklamalari avtomatik ijro etiladigan saytlarning ovozini butkul o‘chirib qo‘yish funksiyasi ham bor.

O‘QING: Google Chrome’ni 10 karra tezroq ishlashga majbur qilamiz

Aytish kerakki, Google Chrome’da shu paytgacha ham biror saytdagi ovozni o‘chirib qo‘yish funksiyasi bor edi, ammo buning uchun ovozni har bir varaqa (vkladka)da alohida o‘chirish talab etilardi; bu funksiyaning o‘zini eksperimental imkoniyatlar sahifasida faollashtirish mumkin edi.

Google Chrome 64 talqinida esa ushbu opsiya varaqaning kontekst menyusiga qo‘shildi. U saytning barcha ochiq turgan sahifalarini ovozsiz rejimga o‘tkazadi:

Buning uchun varaqa ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertish hamda ochilgan kontekst menyusida «Saytda ovozni o‘chirish» («Otklyuchit zvuk na sayte») bandini bosish kifoya.

Qulay tomoni – biror sayt uchun ovozsiz rejim uni yopganingizdan, hatto chiqqaningizdan keyin ham saqlanib qoladi. Ovozni tag‘in joyiga qaytarish uchun yana o‘sha kontekst menyusidan foydalanasiz.

Xabarlarga ko‘ra, Google keyingi oyda Chrome’ga jonga teguvchi reklamalarni bloklash funksiyasini ham joriy etmoqchi.

O‘QING: Kompyuterda reklamalardan birato‘la qutulish yo‘llari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!