Google Chrome Flash’dan butkul voz kechadi

Google Chrome Flash’dan butkul voz kechadi

Google kompaniyasi Chrome  brauzerida HTML5 foydasiga Flash’dan sekin-asta qutulish  rejasi haqida e’lon qildi, deb yozmoqda Kun.Uz.

«HTML5 by Default» opsiyasi barcha saytlarda avtomatik tarzda yoqiladi, 10ta eng mashhur tarmoqlar ro‘yxati bundan istisno: YouTube.com, Facebook.com, Yahoo.com, Live.com, Twitch.tv, Amazon.com, shuningdek Vk.com, Yandex.ru, Ok.ru va Mail.ru.

Biroq Flash Player avvalgidek brauzer tomonidan qo‘yiladi, ammo Flash-kontentning boshqa saytlarda yoqilishi uchun shunga muvofiq plaginni qo‘lda yoqib, sahifani qayta ishga tushirish kerak bo‘ladi. Bir yildan so‘ng kompaniyada Flash avtomatik quvvatini hattoki eng mashhur 10ta saytda ham butkul o‘chirishmoqchi.

“Flash veb-saytlardagi murakkab kontentlarning aks etishida muhim rol o‘ynaydi. Biroq bugungi kunda HTML5 sahifalarni tezroq ochish imkonini beradi hamda energetik jihatdan yanada samaraliroq bo‘ladi. HTML5 texnologiyasi foydalanish hamkorligining ajoyib tajribasini namoyish etishga qodir darajaga yetdi”, – deyiladi kompaniya xabarida.

Bundan avval Google o‘zining tijorat tarmoqlarida Flash-e’lonlardan voz kechishga qaror qilgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!