Google Chrome foydali funksiya bilan boyidi (+video)

  •   DiMaX
  •  1370
  •  19.06.2020 13:04

Google Chrome foydali funksiya bilan boyidi (+video)

Giperhavola orqali veb-sahifa manzilini jo‘natish – biror saytdagi ma’lumotni ulashishning oddiy va ommabop usulidir. Lekin matndan aynan kerakli parchani topish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

O‘QING: Google.ru sirlari

Chrome brauzeri uchun Google tomonidan taqdim etilgan yangi kengaytma esa biror saytdagi aynan kerakli parchani topishni osonlashtiradi. Link to Text Fragment deb nomlanuvchi ushbu dasturiy ta’minot istalgan veb-sahifadagi matnning faqat kerakli qismiga eltuvchi havolani tezda tayyorlab beradi.

Link to Text Fragment kengaytmasini brauzeringizga mana bu havola o‘rnatib olgach, biror matndagi kerakli parchaning havolasini birovga jo‘natish osonlashadi. O‘sha parchani belgilab olib, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosasiz va ochilgan kontekst menyusidan «Belgilangan matnga eltuvchi havolani nusxalab olish» («Kopirovat ssilku na videlenniy tekst») bandini bosasiz. Keyin havolani birovga jo‘natsangiz yoki ijtimoi tarmoqlarda ulashsangiz, boshqalar u orqali kirganlarida matnning aynan o‘sha qismi brauzerda sariq rangda ajratib ko‘rsatiladi.

Ushbu foydali funksiya Windows hamda Android uchun taqdim etilgan Chrome brauzerining 80 va undan keyingi versiyalarida ishlaydi. Undan bahramand bo‘lish uchun brauzeringizning yangilanganligini tekshirib ko‘ring.

O‘QING: Error 404: ochilmayotgan, hatto o‘chirib yuborilgan veb-sahifani ko‘rishning ikkita osongina yo‘li bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.