Google Chrome’ga endi qo‘shiladigan reklamasiz mutolaa rejimini hoziroq sinab ko‘rish mumkin!

  •   DiMaX
  •  779
  •  19.04.2019 12:00

Google Chrome’ga endi qo‘shiladigan reklamasiz mutolaa rejimini hoziroq sinab ko‘rish mumkin!

Firefox hamda Microsoft Edge brauzerlarida mutolaa rejimi mavjud – unda sahifalardagi ortiqcha elementlar ko‘rinmay turadi. Google ham kompyuter va noutbuklar uchun ishlab chiqilgan Chrome brauzeriga uni joriy etmoqda.

O‘QING: Chrome xavfli ekan, Google uni tezda yangilashingizni tavsiya etyapti!

Hozirda Google dasturchilari Chrome’dagi mutolaa rejimi ustida ishlamoqdalar va dasturning keyingi versiyalarida taqdim etishadi. Lekin brauzerning dasturchilarga mo‘ljallangan Chrome Canary talqinida uni allaqachon sinab ko‘rish mumkin.

Sinov talqinidagi Chrome Canary dasturini mana bu havola orqali o‘rnatib olgach, uning manzil qatori orqali chrome://flags/#enable-reader-mode bo‘limini ochasiz. Keyin esa funksiya faollashuvi uchun brauzerning o‘zini bir o‘chirib-yoqasiz. Mutolaa rejimiga o‘tish uchun dasturning yuqori o‘ng burchagidagi Chrome menyusini bosib, «Distill page» – «Sahifani tozalash» opsiyasini tanlash kerak bo‘ladi.

Yangi funksiya veb-vahifadagi reklama, izohlar va boshqa chalg‘ituvchi elementlarni yashiradi. Foydalanuvchi bunda faqat eng kerakli ma’lumotlar: sarlavhalar, maqola matni va undagi suratlarnigina ko‘radi.

Ushbu rejim Chrome brauzerining Android-versiyasiga avvalroq qo‘shilgan edi.

O‘QING: Internetingizni 98 foizgacha tejovchi Google Chrome’ning tezkor yangi versiyasini hoziroq sinab ko‘ring!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!