Google Chrome’ni muhim bir funksiyasidan mahrum etishyapti!

  •   DiMaX
  •  681
  •  21.05.2018 17:33

Google Chrome’ni muhim bir funksiyasidan mahrum etishyapti!

Biror HTTPS-saytni Chrome brauzeri orqali ochishda, dasturning manzil qatori boshida uning himoyalanganligini anglatuvchi «Zaщiщyeno» yozuvini ko‘ramiz. Foydalanuvchi ushbu saytda bank kartasi ma’lumotlari yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlarni bemalol kiritaverishi mumkin – uning xavfsizligi ta’minlanganligiga shubha qilmasa ham bo‘laveradi, degani bu.

O‘QING: Google Chrome’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim sozlama

Yaqin orada Google kompaniyasi Chrome foydalanuvchilariga shu kabi ulanishlarning xavfsizligi haqidagi ogohlantirishlarni ko‘rsatmaydigan bo‘ladi.

Google fikricha, xavfsiz HTTPS-ulanish endi me’yoriy holatga aylanishi kerak, shu bois har gal foydalanuvchiga buni eslataverishning hojati yo‘q. Qidiruv giganti buning o‘rniga endi HTTP-ulanishdan hanuz voz kechmayotgan saytlarga ko‘proq e’tibor qaratmoqchi.

Chrome brauzerining joriy yil sentyabrida taqdim etiladigan 69-talqinidan boshlab, unda HTTPS-saytlar «Himoyalangan» tarzida belgilanmaydigan bo‘ladi. Oradan bir oy o‘tib – oktyabrda chiqariladigan 70-versiyadagi Chrome esa aksincha – HTTP-saytlarda shaxsiy va maxfiy ma’lumotlar kiritishning xavfsiz emasligi haqida ogohlantirish funksiyasiga ega bo‘ladi. HTTP-ulanishli saytda har gal foydalanuvchi biror muhim matn kirita boshlashi bilan, brauzerning manzil qatorida buning xavfsiz emasligini ta’kidlovchi bildirishnoma paydo bo‘ladi.

Google umid qilishicha, bunday yo‘l tutilishi saytlar egalarini hamda sayt ishlab chiquvchilarni xavfsiz HTTPS-ulanishga tezroq o‘tishga undaydi. Shuningdek, bu bilan u foydalanuvchilarni ham o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini kiritishda yanada e’tiborliroq bo‘lishga chorlamoqchi.

O‘QING: Mutaxassislar eng xavfsiz brauzerni aniqlashdi