Google Chrome sakkiz yil ichida birinchi marta piktogrammasi dizaynini o‘zgartirdi!

Google Chrome sakkiz yil ichida birinchi marta piktogrammasi dizaynini o‘zgartirdi!

Google o‘zining Chrome brauzeri piktogrammasini yangiladi. Bu haqida kompaniya dizayneri o‘z Twitter sahifasida xabar berdi. Endilikda piktogrammaning ko‘k doirasi biroz kattalashgan, soyalar olib tashlanib, ranglar yanada tiniqlashtirilgan.

Shuningdek, dizaynerlar yashil va qizil ranglar soyalari kombinatsiyasi yoqimsiz rang tebranishini yaratayotganini aniqlashgan. Shu sabab logotipga nozik gradeint ham qo‘shildi.

Brauzer turli operatsion tizimlarda yaxshi ko‘rinishi uchun ularning har biriga maxsus sozlashlar ham yaratilgan. Masalan, Chrome OS'da piktogramma uchun gradiyentlarsiz yanada yorqin rang foydalanilgan. macOS'da esa u xuddi 3D'ga o‘xshab ko‘rinadi.

Hozirda yangi dizayn beta holatida sinalmoqda va tez orada barchaga brauzer yangilanishi bilan yetkaziladi.

O‘QING: Yangi iPhone SE 2022 smartfonidan nimalar kutilmoqda? 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.