Google Chrome tarixi va boshqa ma’lumotlarini tugmachalar birikmalari yordamida o‘chiramiz

  •   DiMaX
  •  3135
  •  16.12.2020 13:17

Google Chrome tarixi va boshqa ma’lumotlarini tugmachalar birikmalari yordamida o‘chiramiz

Hozir dunyoda eng keng tarqalgan brauzer – Google kompaniyasi avvalroq o‘zining Chrome dasturidir. Yaqinda uning desktop versiyasiga protsessor resurslarini va akkumulyator quvvatini tejash funksiyasi qo‘shilgan edi.

O‘QING: iPhone va Android-smartfonlar uchun eng zo‘r brauzerlar («Roskachestvo» reytingi)

Kompyuteringiz yoki noutbukingizdagi, iPhone yoki iPad’ingizdagi Chrome tarixini tozalash funksiyasini dastur menyusidan izlab o‘tirishga hafsalangiz yo‘q bo‘lsa, buni klaviaturadagi tegishli tugmachalar kombinatsiyalari orqali amalga oshirish mumkin.

Buning uchun oldin Chrome’ni ochasiz, keyin esa, qurilmangiz platformasiga bog‘liq holda, quyidagi tugmachalar birikmalarini bosasiz:

Windows yoki Linux: Ctrl+Shift+Delete

Mac: Command+Shift+Backspace

Chromebook: Ctrl+Shift+Backspace

iPhone yoki iPad (klaviatura ulangan bo‘lsa): Command+Y

Shu tugmachalar kombinatsiyalarini bosganda, Windows, Linux, Mac ili Chromebook platformali gadjetlarda «Sozlamalar» («Nastroyki») menyusining «Tarixni tozalash» («Ochistit istoriyu») oynasi ochiladi. Qaysi bandni tozalash kerakligini belgilab, «Ma’lumotlarni o‘chirish» («Udalit dannie») tugmachasini bosasiz.

Klaviatura ulangan iPhone yoki iPad’larda esa, Command+Y tugmachalar birikmalarini bosganda «Tarix» («Istoriya») oynasi ochiladi. Yuqoridagi holat singari, bunda ham tozalash kerak bo‘lgan toifalarni tanlab, «Ma’lumotlarni o‘chirish» («Udalit dannie») orqali o‘chirasiz.

Ushbu harakatlardan so‘ng brauzerdagi belgilangan vaqt oralig‘idagi harakatlaringiz uning tarixidan o‘chirib tashlanadi. Masalan, Google Chrome’ning desktop versiyalarida butun vaqt davomidagi, shuningdek, so‘nggi soatdagi, 24 soatdagi, 7 kunlik yoki 4 haftalik kirishlar tarixini o‘chirsa bo‘ladi.

O‘QING: Chrome – eng «ochofat» brauzer, lekin siz uning «nafsini jilovlay» olasiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!