Google Chrome’da jonga teguvchi bildirishnomalarni butkul o‘chirib qo‘yamiz

  •   DiMaX
  •  4605
  •  07.02.2020 13:53

Google Chrome’da jonga teguvchi bildirishnomalarni butkul o‘chirib qo‘yamiz

Biror saytga kirishingiz bilan darhol uning yangiliklariga obuna bo‘lib turishni tavsiya etuvchi bildirishnoma chiqaverib bezor qilib yuboradi. Google Chrome brauzerining so‘nggi – 80-versiyasida endi shuni bittada cheklab qo‘yish imkoni tug‘ildi.

O‘QING: Google Chrome’dagi beshta maxfiy imkoniyatni faollashtiramiz

Bildirishnomalarni bekor qilish funksiyasi hozircha test rejimida ishlayapti, shu bois Chrome sozlamalar menyusidan uni topa olmaysiz. Bu yerda brauzerning eksperimental opsiyalarini faollashtirish imkoni bizga yordamga keladi.

Avvalo, brauzeringiz Chrome 80 versiyasigacha yangilanganiga ishonch hosil qilishingiz (bo‘lmasa – yangilab olishingiz) kerak. Buning uchun «Nastroyki» → «O brauzere Chrome» bo‘limiga o‘tasiz; shu yerda brauzerning versiyasini ko‘rishingiz va zarurat bo‘lsa yangilashingiz mumkin:

Google Chrome’ni yangilab olganingizdan so‘ng quyidagilarni bajarasiz:

  • Manzil qatoriga chrome://flags/#quiet-messages-prompts deb yozasiz (yoki shu yerdan nusxalab olib tashlaysiz) va «Enter»ni bosasiz.
  • Ochilgan eksperimental funksiyalar sahfasida «Quieter notification permission prompts» bandini topib, uning holatini «Enabled»ga o‘zgartirasiz.

  • Brauzerni o‘chirib-yoqasiz.

O‘QING: Google Chrome’ni sahifalarni bir zumdayoq ochishga majburlaymiz

Shundan so‘ng Chrome’ning sozlamalari – «Nastroyki»ni ochib, pastigacha varaqlab borib, qo‘shimcha sozlamalar uchun «Dopolnitelnie» tugmachasini bosasiz. Ochilgan «Konfidensialnost i bezopasnost» bo‘limidagi «Nastroyki sayta» va «Uvedomleniya» qismiga o‘tsangiz, bizga kerakli funksiyani boshqaruvchi quyidagi menyuni ko‘rasiz:

Mana shu yerdagi pereklyuchatelni chapga sursangiz bas – endi saytlardan bildirishnoma umuman kelmaydi!

Mazkur funksiya hali Google Chrome’ning keyingi versiyalarida standart tarzda taqdim etilsa kerak, hozircha esa mana shu usulda foydalanib turamiz.

O‘QING: Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!