Google Chrome’ni sahifalarni bir zumdayoq ochishga majburlaymiz

  •   DiMaX
  •  1654
  •  24.07.2019 11:27

Google Chrome’ni sahifalarni bir zumdayoq ochishga majburlaymiz

Qidiruv gigantining Chrome brauzeri eng ommalashgan ilovalardan hisoblanadi. Unda veb-sahifalarning ochilishini tezlashtirishning turli yo‘llari bor.

O‘QING: Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!

Mazkur brauzerni tezlashtirish yo‘llaridan biri – FasterChrome nomli kengaytmani o‘rnatib olishdir. Uning ishlash prinsipi shunaqa: siz kursorni biror havola ustiga olib borsangiz, kengaytma o‘sha sahifani brauzer keshiga yuklay boshlaydi. Shu sababli, havola ustiga bosishingiz bilan veb-sahifa darhol ochiladi.

FasterChrome ishlab chiquvchilari keraksiz ma’lumotlarni yuklash sababli keshning to‘lib ketishi hamda ko‘p trafik sarflanishini ham hisobga olishgan. Ya’ni, kursorni havola ustida kamida 65 millisoniya ushlab tursangizgina kengaytma o‘sha sahifani keshlay boshlaydi.

O‘QING: Google Chrome’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim sozlama

Ushbu dasturiy ta’minot ko‘plab saytlar bilan ishlay oladi, ammo ma’lum sabablarga ko‘ra ayrim sahifalarni keshga yuklay olmaydi. Masalan, ba’zi saytlar kontent o‘g‘irlanishining oldini olish uchun, jonli foydalanuvchi ishtirokisiz – fon rejimida ma’lumotlar yuklanishini cheklab qo‘yishgan.

Shuningdek, akkauntga kirish talab etiladigan sahifalarni ham FasterChrome keshga yuklay olmaydi. Sababi ko‘rinib turibdi: u yerga login-parol orqali akkaunt egasining o‘zi kirishi kerak, biror dastur emas.

FasterChrome kengaytmasi o‘rnatilganidan so‘ng Google Chrome sahifalarni tezroq yuklay boshlaydi, ammo trafikdan tashqari, yana tezkor xotira sarfini ham oshiradi. Agarda shu jihatlariga rozi bo‘lsangiz, mazkur kengaytmani mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Google’ning saxiyligi tutdi: Chrome xatosini topib, 150 ming dollargacha mukofot oling!