Google’dan ajoyib beshlik: Daydream View VR-shlem (Video)

Google’dan ajoyib beshlik: Daydream View VR-shlem (Video)

Kecha AQShda o‘tkazilgan taqdimotda Google kompaniyasi Pixel seriyasidagi smartfonlar bilan bir qatorda Daydream View VR-garniturani muxlislar e’tiboriga havola qildi. Mazkur qurilma qidiruv giganti tomonidan 2016 yilning boshida Google I/O konferensiyasida namoyish etilgan Daydream platformasida ishlaydi. Ushbu VR-garnitura o‘ziga xos dizaynga ega bo‘lib, boshqa bu kabi qurilmalardan apparat qismida ishlatilgan materiallar bilan farqlanadi. Garnituraning tashqi tarafi uni boshga taqish va foydalanish qulay bo‘lishi uchun yumshoq gazlama bilan o‘ralgan. Natijada qurilmaning vazni ham ancha kamaygan.

VR-garnitura faqat Daydream platformasini qo‘llab-quvvatlaydigan gadjetlar bilan ishlaydi. Garnitura hech qanday ortiqcha simlarsiz smartfonga ulana oladi.

Virtual reallikka mo‘ljallangan mazkur gadjet noyabr oyida 79 dollar narx bilan sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!