Google’dan ajoyib beshlik: Google Home assistenti (Video)

Google’dan ajoyib beshlik: Google Home assistenti (Video)

Pixel smartfonlari bilan bir qatorda kecha qidiruv giganti Google Home nomli qurilmani ham namoyish etdi. Mazkur gadjet Google servislariga kirishda va bir qator boshqa foydali funksiyalardan foydalanishda ko‘maklashadi. Qurilma Amazon Echo adapteriga bozorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi bo‘lishi aytilmoqda. Google Home ko‘pchilik murojaat qiladigan bir qancha funksiyalarni (budilnik, taymer, mediapleyer, aqlli uyni boshqarish markazi va boshq.) o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u internetdan turli ma’lumotlarni qidirishi, har xil servislarga buyurtma berishi ham mumkin. Eng qizig‘i, bularning barchasini ovozli buyruqlar yordamida amalga oshirish mumkin.

Google Home uydagi dinamiklar va Android TV televizorlariga osonlik bilan ulana oladi. Foydalanuvchi ovozli buyruq yordamida gadjetdan pleylistdagi musiqalarni qo‘yishni, kalendardagi reja va hodisalarni tekshirishni so‘rashi mumkin. Hozirda YouTube Music, Google Play Music, Spotify, Pandora, iHeartRadio va TuneIn kabi servislar Google Home tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Oddiyroq qilib tushuntirganda, Google Home ovozli buyruqlar yordamida foydalanuvchiga ko‘maklashadigan gadjet bo‘lib, u sozlangan ulanish nuqtasi orqali kompaniya serverlariga ulanadi va kerakli ma’lumotlarni o‘z egasiga taqdim qiladi.

Google Home qurilmasini boshqarishda Google Assistant platformasidan foydalaniladi. Qurilmaning ostki qismini almashtirish mumkin bo‘ladi. U interer dizayniga mos tushishi uchun bir necha rang variatsiyalarida tayyorlanadi.

Google Home noyabr oyida 129 dollar narxida sotuvga chiqariladi.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!