Google’dan ajoyib beshlik: Smart Wi-Fi ruter (Video)

Google’dan ajoyib beshlik: Smart Wi-Fi ruter (Video)

Kecha AQShning San-Fransisko shahrida o‘tkazilgan taqdimotda Google kompaniyasi beshta innovatsion qurilmalarni namoyish qildi. Shulardan biri smart Wi-Fi ruter bo‘lib, u qidiruv giganti tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu ruter, asosan, aqlli uy mexanizmi uchun mo‘ljallangan.

image_1475604964_57618397

Ruterni yaratish jarayonida Google ASUS va TP-LINK kabi sohaning nomdor vakillari bilan hamkorlik qilgan. Ruterni smartfon orqali boshqarsa bo‘ladi. U avtomatik ravishda signalni boshqarish xususiyatiga ega bo‘lib, uydagi boshqa qurilmalar bilan integratsiya qila oladi.

Googe Wi-Fi ruterda quvvatni tejash rejimi ham ko‘zda tutilgan. Qurilmaning narxi – 129 dollar, noyabr oyidan boshlab gadjetga buyurtma berish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!