Google’dan Pixel 3 va Pixel 3 XL: anonsi ham ma’lum qilindi

  •   Saroy
  •  881
  •  06.08.2018 16:32

Google’dan Pixel 3 va Pixel 3 XL: anonsi ham ma’lum qilindi

So‘nggi xabarlarga qaraganda,  Google  internet-giganti an’anani buzmoqchi emas. Shu bois yangi mahsulotlari har galgidek 4 oktyabrda namoyish etiladi.

Taqdimot sanasi Google 2016 yilda sotib olgan Famebit platformasida paydo bo‘ldi. Ushbu platforma brendlar bilan YouTube’da kontent yaratuvchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni osonlashtiradi.  Yangi kompaniya doirasida kanadalik mualliflar Google Pixel 3 boshqa brend qurilmasiga o‘tishini sinab ko‘rishdi.

O‘QING:Google Pixel 3: simsiz quvvatlantirgich va «Active Edge»texnologiyasi bilan

Shunisi qiziqki,  Google Pixel 3’ni «Google Pixel 2 va 2 XL’ning navbatdagi iteratsiyasi» demoqdalar, lekin bunda katta Pixel 3 XL tilga olinmadi. Ehtimol, kompaniya nom berish tizimini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin, chunki, xabarlarda baribir ikki model haqida gap ketmoqda. Eng katta modeli 4 GB tezkor xotiraga va qirqmali ekranga ega bo‘ladi.

O‘QING:Google Pixel 3 XL smartfonini ilk «jonli» suratlarda ko‘ring!

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.