Google’dan yangi flagmanlar

  •   Saroy
  •  906
  •  28.06.2018 16:25

Google’dan yangi flagmanlar

MySmartPrice nashri  Google’ning yaqinda sotuvga chiqarilishi mo‘ljallanayotgan Pixel 3 va Pixel 3 XL  smartfonlarini namoyish qildi. Bu haqda  NowhereElse.fr resursi asoschisi va muharriri Stiv Xemmerstoffer (Steve Hemmerstoffer) ma’lum qilgan.

Avvalgi xabarlarga qaraganda, Pixel 3 smartfoni hozirda urf bo‘lgan romsiz dizaynda bo‘ladi. Shuningdek Pixel 3 5,3-dyuymli qirqmasi yo‘q displeyga ega,  Pixel 3XL esa  6,2-dyuymli qirqmali displey bilan ta’minlanadi, xuddi iPhone X’dagidek. O‘tgan yili Pixel 2 smartfoni o‘zining eskicha dizayni bilan ko‘pchillikning hafsalasini pir qilgandi, o‘shanda atrofda hamma romsiz modellarni olib yura boshlagandi-da.

O‘QING: Android-ilova xatosini topib, Google’dan 1000 dollar olish mumkin!

Suratda romsiz Pixel 3 XL va Pixel 3 tasvirlangan. Garchi ikkinchi smartfondagi displey atrofidagi rom kichkina bo‘lmasa-da, lekin tomonlar nisbati 18:9.  Xabarda ma’lum qilinishicha,  Pixel 3 XL’ning razmeri 158 x 76,6 x 7,9 mm bo‘ladi,  Pixel 3 da esa bu ko‘rsatkich  — 145,6 x 68,2 x 7,9 mm. Ikkala smartfon ham bittalik asosiy kameraga ega. Albatta, atrofda qo‘shkamerali unchalik qimmat bo‘lmagan smartfonlar keng tarqalayotgan bir paytda, bitta kamerali qurilma unchalik muvaffaqiyatli ko‘rinmaydi. Portlardan USB Type-C va SIM-karta uchun slot mavjud. Apparatlar Qualcomm Snapdragon 845 asosida ishlaydi.

O‘QING: Google ham terrorchilikka qarshi kurashga qo‘shiladi