Google daromadi rekord darajaga ko‘tarildi

  •   DiMaX
  •  785
  •  05.02.2021 09:04

Google daromadi rekord darajaga ko‘tarildi

Google tizimiga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasi shu haftaning seshanba kuni kutilganidan ortiq chorak daromadi haqida xabar berdi. Bunga reklamaga va bulutli xizmatlarga bo‘lgan talabning o‘sishi sabab bo‘ldi.

O‘QING: Bu yil Google'da eng ko‘p nimalar qidirildi?

Ushbu yangilikdan so‘ng Alphabet aksiyalari 8%ga qimmatladi.

Google’ning reklama faoliyati, shu jumladan YouTube'ni hisobga olganda chorak daromadining 81%ni ta’minladi. Pul ko‘rinishida bu $56,9 milliarddir. 2019 yilning shu davriga nisbatan tushum 23%ga o‘sdi.

Bulutli texnologiyalar segmentida savdolar $3,83 milliard daromad keltirdi.

O‘QING: Arzon smartfonlar egalariga Google’dan xushxabar bor (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!