Google endi blogerlar nasibasini ham qirqadi (rasmiy video)

  •   DiMaX
  •  645
  •  13.03.2021 10:46

Google endi blogerlar nasibasini ham qirqadi (rasmiy video)

Dunyodagi eng ommalashgan videoxosting – YouTube tarmog‘i ham Google kompaniya qarashli ekanligidan xabaringiz bor. Qidiruv giganti unda faoliyat olib borayotgan blogerlarga yoqmaydigan o‘zgarish haqida xabar bermoqda.

O‘QING: YouTube’da reklamadan eng ko‘p pul topayotgan rossiyalik blogerlar (Forbes reytingi, 2020 yil)

Yangi qonun-qoidalarga ko‘ra, 2021 yilning iyunidan boshlab xorijlik YouTube-blogerlar daromadlaridan AQSh g‘aznasiga soliq olib qoladi. Aniqrog‘i – reklama tomoshasidan, YouTube Premium obunasidan, superchat va superstikerlardan, shuningdek, AQShlik foydalanuvchilarning homiyligidan tushadigan daromad soliqqa tortiladi.

Ushbu o‘zgarishlar haqidagi videolavhani YouTube Creators kanali ruscha subtitrlar bilan e’lon qilgan:

Xorijlik YouTube-blogerlar hisobiga AQShdagi foydalanuvchilar tomosha qilganidan tushadigan daromad uchun 0% dan to 30% gacha miqdorda soliq solinadi. Soliq miqdori esa bloger yashayotgan mamlakat bilan AQSh o‘rtasida ikki marta soliqqa tortmaslik haqida bitim bor-yo‘qligidan kelib chiqib belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: YouTube’dan reklamalarni olib tashlashning o‘ta oson yo‘li topildi!