Google foydalanuvchilarni aniqlashni osonlashtirdi (+video)

  •   DiMaX
  •  376
  •  05.08.2021 15:43

Google foydalanuvchilarni aniqlashni osonlashtirdi (+video)

Google akkaunt orqali uchinchi tomon manbalaridagi akkauntlariga kirish imkonini beruvchi API va Identity Services to‘plamini ishlab chiqdi. Bu xususda UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: 27 sentyabrdan mana shu smartfonlarda ommabop servislar ishlamay qoladi

«One tap» foydalanuvchilarga bir marta bosish bilan barcha saytlarda ro‘yxatdan o‘tishga imkon beradi. Buning uchun «Google bilan tizimga kirish» funksiyasini tanlash kifoya.

Yangi texnologiya yordamida foydalanuvchi bir talay parollarni eslab qolishi shart emas, shuningdek, unutilgan parol bo‘lsa uni qayta tiklashi mumkin.

Quyidagi lavhada bu to‘g‘rida ingliz tilida batafsil ma’lumot berilgan:

Xabarga ko‘ra, Pinterest’da Internetda ro‘yxatdan o‘tish 47% va Android’da 126% o‘sgan, xizmatga takroriy tashriflar 16 va 34 foizga oshgan. Reddit esa, One tap yordamida «takror» trafikni ikki baravarga oshirgan.

O‘QING: Parollaringizni o‘g‘irlayotgan ushbu to‘qqizta Android-ilovani tezda o‘chiring!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.