Google’ga O‘zbekistonlik dasturchi kerak emas, unga oshpaz kerak!

Google’ga O‘zbekistonlik dasturchi kerak emas, unga oshpaz kerak!

Yana Google’da dunyoning turli mintaqalari bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ib xulosalar chiqarilmoqda. Bu safar navbat O‘zbekistonga keldi. Google’ning talqini bo‘yicha 2018 yilda O‘zbekiston fuqarolari orasida eng ko‘p qidirilgan ishlar quyidagilar bo‘ldi:

  1. Haydovchi
  2. Hisobchi
  3. Sotuvchi
  4. Kassir
  5. Oshpaz

Bu ish o‘rinlariga asosiy talab birinchi o‘rinda Toshkent shahri, keyin Sirdaryo va Surxondaryoda bo‘lgan. Bir qaraganda bu natijalar jo‘n tuyilishi mumkin, lekin bu kasblarning ahamiyatini chuqurroq o‘rganish -  bu xulosalar bejiz emasligini tasdig‘i bo‘lsa ajab emas.

Haydovchilik. Dunyo bo‘yicha keng tarqalgan kasblardan biri hisoblanadi. Haydovchi kerak bo‘lmaydigan sohaning o‘zi yo‘q desak adashmaymiz.

Hisobchi. Xo‘jaliklarning moliyaviy hujjatlarni yurituvchi mutaxassis hisoblanadi. Hisob-kitob va soliq siyosatining hamma savollariga javob beradigan hisobchi bebaho xodimdir. Aslida bu ish biz o‘ylaganimizdan ko‘ra ancha murakkab chunki hisob-kitobdagi har bir qilingan xato ma’muriy, moddiy va hatto jinoiy javobgarlikga sabab bo‘lishi mumkin.

Sotuvchi. Bu sohada ishlash uchun oliy ma’lumotga ega bo‘lish talab qilinmaydi. Bu kasb egalari o‘rta maxsus ma’lumot yoki maxsus kurslarni tamomlagan bo‘lishlari yetarli.

Kassir. Bugungi kunda kassirlar oddiygina pul tarqatuvchi emas, balki hisobchi, nazoratchi yoki biror bir moliyaviy mutaxassis sifatida qaralmoqda. Kassirlar bank, korxona , transport kompaniyalari, savdo markazlari va shu kabi deyarli barcha joylarda kerak xodimlardan biri hisoblanadi.

Oshpaz. Bu umumiy ovqatlanish shahobchalarida ovqat tayyorlovchi odam, lekin bu quruq gaplar oshpazlik kasbini to‘liq ifodalab bera olmaydi. Ba’zan oshpazlar eng oddiy mahsulotlardan taom tayyorlab, uni san’at darajasiga ko‘tara oladi. Shunday san’at darajasiga ko‘tarilgan taomlardan biri shubhasiz osh hisoblanadi.

Xulosalar orasida yurtimizda keng rivojlanayotgan dasturchilik kasbi umuman yo‘q! Demak, hozircha Google’da dasturchilik haqda so‘rovlar kam amalga oshirilgan.

O‘QING: Kevin yana «Uyda yolg‘iz», ammo bu gal Google Assistant bilan! (ikkita video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!