Google ham qatordan qolmadi. U o'z taqdimotida Apple'ni masxara qildi!

Google ham qatordan qolmadi. U o'z taqdimotida Apple'ni masxara qildi!

Apple'ning iPhone 14 smartfonlari taqdimotidan bir oy o'tib, Google kompaniyasi o'zining Pixel 7 smartfonlarini seriyasi va Pixel Watch aqlli soatini namoyish qildi. Apple taqdimotiga qaytadigan bo'lsak, kompaniya o'zining yangi avlod iPhone'larini har doim yoniq turadigan ekran (AoD) xususiyati va avtohalokatni aniqlash kabi favqulodda holat funksiyalari bilan chiqardi. Google esa o'zining Pixel'lari bunday xususiyatlarga ancha oldin ega bo'lganini aytib, Apple'ning ustidan kuldi:

"Pixel har doim smartfon innovatsiyalari bo‘yicha yetakchi bo‘lib kelgan va sanoatdagi boshqalar bizning ortimizdan ergashsa, biz buni maqtov sifatida qabul qilamiz. Xuddi Pixel 2 foydali ma'lumotlarni to'g'ridan-to'g'ri qulf ekraningizda ko'rsatib turadigan AoD va "bir qarashda" kabi funksiyalari bilan taqdim qilinganidek.

Shuningdek, Pixel 3 bilan chiqarilgan Night Sight va astrofotografiya ham bor, smartfonlarda kam yorug'likda suratga olish uchun yangi chegaralarni o'rnatdi.

Va biz avtohalokatni aniqlashni, xavfsizlikni tekshirish va favqulodda vaziyatlarni ulashish kabi sizni xavfsiz saqlashning boshqa muhim usullari bilan uch yil oldin joriy qilgan edik." deydi kompaniya vitse-prezidenti Brayan Rakovski taqdimot davomida Apple endigina bularni o'zlashtirganiga ishora qilib.

Bu hammasi emas. Rakovski birozdan keyin Apple'ni RCS'ni qo'llab-quvvatlamaslikda ham aybladi:

"RCS - bu xabar almashish uchun zamonaviy sanoat standarti va u allaqachon sanoatdagi ko'pchilik tomonidan qabul qilingan. Umid qilamizki, har bir qurilma ishlab chiqaruvchisi bu xabarni qabul qiladi va RCS'ni o'zlashtiradi, bu esa har bir smartfon foydalanuvchisi uchun xabar alishishni yaxshilaydi." deydi u.

Google Apple'ni mazax qilayotgan yagona kompaniya emas. Hammasi Samsung'dan boshlandi. Janubiy Koreya kompaniyasi ham yangi texnologiyalarni o'zlashtirmaganligi uchun o'zining kesatiq reklamalari bilan Apple'ning ustidan kulgan edi. iPhone 14 Pro smartfonlari dinamik orol bilan taqdim qilinganidan keyin esa, Motorola Apple'ni o'zining hech qanday tirqishlarsiz smartfonlari bilan masxara qilgan.

O'QING: Bitta iPhone 14 Pro Max'ni ishlab chiqarish Apple'ga qanchaga tushadi?